Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“O‘zLiDeP bog‘i” obod maskanga aylanadi

20.10.2024
26

O‘zLiDeP raisi Aktam Xaitov Xorazm viloyati Urganch tumanida tashkil etilgan “O‘zLiDeP bog‘i”iga bordi.
Ta’kidlash kerak, partiyaning saylovoldi dasturida mamlakatimizda yashil maydonlar, daraxtzorlar, gulzorlarni 30 foizga yetkazish, shaharlar hamda ularning atroflarida “yashil belbog‘”lar barpo etish partiyaning asosiy vazifalardan biri ekani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, besh yilga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda 1 milliard tup ko‘chat ekilib, Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar maydonda o‘rmonlar barpo etish ko‘zda tutilgan. Davlat idoralari, korxonalar, oliygohlar ham o‘z bog‘larini tashkil qilishi, yangi uy-joy qurishda pudratchilarga “yashil hudud” va avtoturargoh barpo etish majburiy etib belgilanish partiyaning ustuvor vazifasidir.

Shuningdek, partiya yetakchisi “Yashil makon” loyihasining umummilliy ahamiyati haqda to‘xtalar ekan, salomatligimiz, hayotimiz uchun muhim bo‘lgan yashil maydonlar barpo etish, o‘zimiz yashayotgan maskanlarni toza va obod hududga aylantirish ishiga munosib hissa qo‘shish, qolaversa, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarni ushbu xayrli ishga yanada kengroq jalb etishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?