ÖzLiDeP delegatsiyasi Moskvada bölib ötgan xalqaro simpoziumda iştirok etdi
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi delegatsiyasi Moskva şahrida bölib ötgan “Nasizm ustidan qozonilgan ğalabaning ahamiyati. BMTning şakllaniş saboqlari” mavzusidagi xalqaro simpozium işida iştirok etib qaytişdi.
“Yedinaya Rossiya” siyosiy partiyasi şa’feligida taşkil etilgan va 29 mamlakat vakilldarini qamrab olgan uşbu anjumanda ikkinçi jaxon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning ahamiyati, qolaversa uşbu uruşdan keyin şakllangan BMTning yuzaga keliş sabablari hamda unga turtki bergan omillar töğrisida gap bordi. Taşkilotning ötgan davrda va bugungi kundagi ahamiyati, uni bugun zamon talablaridan kelib isloh qiliş istiqbollari muhokamalar markazida böldi.
BMTning bugungi jahon siyosatidagi örni borasida Özbekiston Respbulikasi özining aniq qaraşlariga ega. Qolaversa, hozirga kelib mamlakatimizning uşbu nufuzli xalqaro taşkilot bilan hamkorligi mutlaqo yangi kölam kasb etmoqda. Bunga Özbekiston va BMT hamkorligida amalga oşirilayotgan loyihalar sonining qariyb 140taga yetganligi, BMT Boş Assambleyasi tomonidan Özbekiston taşabbusi bilan ilgari surilgan öndan ortiq maxsus rezolyutsiyalar qabul qilinganligi va köplab boşqa misollarni keltirib ötiş mumkin.
Xalqaro simpoziumda ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisining örinbosari B.Yakubov ma’ruza bilan iştirok etdi.
Şuningdek, “Yedinaya Rossiya” partiyasi Boş Kengaşi taşabbusi bilan Moskvada bölib turgan Özbekiston delegatsiyasining uşbu partiya Boş Kengaşi kotibi V.V.Yakuşev bilan uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuv davomida ikki davlat yetakçi siyosiy partiyalari örtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.