Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP delegatsiyasi ICAPPning 13-Bosh Assambleyasida ishtirok etmoqda

05.11.2026
43

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi delegatsiyasi Koreya Respublikasining Seul shahrida o‘tayotgan Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasining (ICAPP) 13-Bosh Assambleyasida ishtirok etmoqda. «O‘zgaruvchan dunyoda ishonchni tiklash» mavzusidagi anjumanda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ma’ruza qildi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik borasidagi tashabbuslari haqida so‘z yuritildi.

Ma’ruzada Yangi O‘zbekistonda barcha islohotlar inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari ilgari surgan «Inson — jamiyat — davlat» tamoyili asosida xalq farovonligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish mamlakat siyosatining muhim yo‘nalishlari ekani qayd etildi.

Shuningdek, Prezidentimiz olib borayotgan ochiq va tinchliksevar tashqi siyosat, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Aktam Xaitov siyosiy partiyalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, parlament fraksiyalari hamkorligini kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Koreya Respublikasi bilan strategik sheriklik munosabatlari va «Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi» hamkorlik formati ochayotgan imkoniyatlar ham qayd etildi.

Ma’ruzada sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli soxtalashtirishga qarshi kurashish, suvni tejash va yashil texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha ham takliflar bildirildi. Xususan, bu yo‘nalishlarda ICAPP doirasida tajriba almashish tashabbusi ilgari surildi.

Assambleya doirasida yalpi majlislar, ICAPPning 2024–2026 yillardagi faoliyati yuzasidan hisobot, tashkilot Nizomiga o‘zgartishlar kiritish va Bosh Assambleya byurosini saylashga oid yig‘ilishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, delegatsiya rahbarining xorijiy siyosiy partiyalar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari ham ko‘zda tutilgan. Ushbu muloqotlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro maydonda tanitish, o‘zaro tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?