Asosiy kontentga o‘tish
Juma 20-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro forumda ishtirok etdi

20.11.2026
12

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Bugun O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi delegatsiya «Xitoy nigohda, dunyo tafakkurda» xalqaro forumida ishtirok etdi. Ushbu nufuzli anjumanda turli mamlakatlardan siyosiy partiyalar vakillari, siyosatchilar, ekspertlar va tadqiqotchilar jam bo‘ldi. Forumda partiya rahbari Aktam Xaitov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik, yangi texnologiyalar va global taraqqiyot borasidagi qarashlarini bayon etdi.

Nutqda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar alohida ta’kidlandi. Ikki davlat rahbarlari — Prezident Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning doimiy va ishonchli muloqoti tufayli hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiya, energetika, sanoat, raqamli texnologiyalar, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Shuningdek, nutqda Xitoyning ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi tajribasi, mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda siyosiy partiyalar hamkorligining ahamiyatiga e’tibor qaratildi. O‘zLiDeP va Xitoy Kommunistik partiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Forum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?