Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 26-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputati Bishkekda parlament a’zolarining uchrashuvida qatnashdi

25.08.2025
80

Shu yilning 22-24 avgust kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida parlament a’zolarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Jasur Jumayev ham ishtirok etdi.
Xususan, Qirg‘iz Respublikasi Jogorku keneshida "Inklyuziv rivojlanish va ijtimoiy innovatsiyalar" mavzusida bo‘lib o‘tgan muloqotda deputatimiz Jasur Jumayev so‘zga chsiqib, O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Demokratik islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida inklyuziv jamiyatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi, bunda barcha fuqarolarga teng huquq va imkoniyatlar bo‘lishi, ijtimoiy adolat tamoyillari ta’minlanishi zarurligi qayd etildi.
Ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning hayotda to‘laqonli ishtiroki ta’minlangani, ta’lim, mehnat va sog‘liqni saqlash sohalarida teng imkoniyatlar yaratilgani alohida e’tirof etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?