O‘zLiDeP deputati buloqboşilik tadbirkorlar dardini tingladi
O‘zLiDeP taşabbusi bilan Buloqoboşi tumanida “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi bölib ötdi. Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Muqaddasxon Axmedova, mahalliy Kengaş deputatlari, mutasaddi idoralar va tadbirkorlar iştirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar soliq yuki, kredit olişdagi qiyinçiliklar, yer ajratiş, infratuzilma va eksport bilan boğliq muammolarni oçiq aytdi. Xususan, “Tölan-Fayz” MÇJ rahbari yer maydonini kengaytiriş masalasida amaliy yordam söradi. Mutaxassislar va deputatlar har bir murojaat böyiça tuşuntiriş va tavsiyalar berib, muammolarni bosqiçma-bosqiç hal etiş çoralari belgilandi.
Forum tadbirkorlar uçun oçiq muloqot maydoni bölib xizmat qildi. Bunday uçraşuvlar hududlarda işbilarmonlik faolligini oşirişga turtki beradi.