ÖzLiDeP deputati nukuslik yoşlarning bandligi va tadbirkorlik masalasida kömaklaşadi
Nukus davlat pedagogika institutida ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Kengaşi va deputat Muxtar Ibragimov taşabbusi bilan yoşlar bandligi va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. Tadbirda vazirliklar, banklar va soha vakillari iştirok etib, bitiruvçi yoşlarning kelgusi faoliyati uçun imkoniyatlar muhokama qilindi.
Uçraşuvda Prezidentning bitiruvçilarni iş bilan ta’minlaşga oid qarori mazmun-mohiyati tuşuntirildi. Unga köra, bitiruvçilarni işga joylaştirgan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyoz bilan 7 yilgaça 5 mlrd sömgaça kredit beriladi. Har bir 1 mlrd sömlik kredit uçun kamida bir nafar bitiruvçi işga qabul qilinişi şart.
“Özmilliybank” va “Kelajakka qadam” markazi vakillari yoşlarga imtiyozli kreditlar, moliyaviy savodxonlik va startap imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar. Eng yaxşi innovasion loyihalar uçun 1 mlrd sömgaça grant ajratilişi belgilandi.
Tadbir yakunida yoşlar öz takliflarini bildirdi. Ularda ta’lim muassasalari bilan iş beruvçilar hamkorligini kuçaytiriş, kasbiy tayyorgarlikni oşiriş va yoşlarni tadbirkorlikka yönaltiriş masalalariga urğu berildi.