Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan M. Ulug‘bek mahallasining 300 metr ichki yo‘liga asfalt yotqiziladi

04.02.2026
55

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdullo Aslonov Samarqand tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan “Ohalik”, “O‘rtashiq” va “O‘zbekkenti” mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida aholining murojaatlari tinglanib, mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma ishlari holati o‘rganildi.

Ochiq muloqotlarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, fuqarolarning takliflari qayd etildi. Murojaatlar asosida hududlardagi dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Amaliy natija sifatida, M. Ulug‘bek mahallasidagi ichki 300 metr yo‘lga asfalt yotqizish masalasi ko‘rib chiqilib, uni joriy yil mart oyida to‘liq amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?