ÖzLiDeP deputati tikuvçilik qiliş istagidagi fuqaroga tikuv maşinasi sovğa qildi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Nargiza Salomova "Keksalarga mehr" aksiyasi doirasida Yakkaboğ tumanidagi Qaşqadaryo viloyati ijtimoiy qöllab-quvvatlaş markazi faoliyati bilan tanişib, muassasada yaşayotgan fuqarolar bilan muloqot qildi.
Uçraşuv davomida markazda yaşovçi Şarofat Ötayeva tikuvçilik bilan şuğullaniş istagini bildirib, tikuv maşinasi oliş böyiça murojaat qildi. Murojaat qisqa muddatda ijobiy hal etilib, homiylar kömagida unga tikuv maşinasi taqdim etildi.
Şuningdek, markazda nogironligi bölgan ayollarni kasb-hunarga örgatiş va ularning bandligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişildi. Ta’kidlanganidek, ehtiyojmand insonlarni qöllab-quvvatlaş, ularning hayotga bölgan işonçini mustahkamlaş va mehnat orqali öz imkoniyatlarini röyobga çiqarişiga kömaklaşiş bundan buyon ham ustuvor vazifalardan biri bölib qoladi.