ÖzLiDeP deputati: Yangiqörğondagi ikki köprik muammosi qaçon hal etiladi?
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, ÖzLiDeP fraksiyasi a’zosi Dilmurod Artikov tomonidan Özbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Rustamovga deputatlik sörovi yuborildi.
Sörovda Namangan viloyati, Yangiqörğon tumanidagi "Buloqboşi" MFY hududidan ötgan tuman markazi va Nanay turizm qişloğini boğlovçi ikki köprikning holatiga e’tibor qaratilgan. Uşbu köpriklar 1969 yilda qurilgan bölib, bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgani va transport harakati hamda aholi uçun qiyinçilik tuğdirayotgani haqli e’tirozlarga sabab bölayotgani ta’kidlangan.