Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

ÖzLiDeP deputatlari işlab çiqarişdagi tösiqlarni örgandi: tadbirkorlar yeçim kutmoqda

03.11.2025
923

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi a’zolari Qoraqalpoğistonning barça tuman va şaharlarida tadbirkorlar va aholi bilan uçraşuvlar ötkazdi. Uşbu taşriflarning maqsadi — iqtisodiy islohotlar samaradorligini oşiriş, işlab çiqariş jarayonlaridagi muammolarni joyida örganiş hamda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan amaliy takliflar işlab çiqişdir.

Möynoq tumanida deputatlar “Möynoq mineral tuzi” va “Möynoq Agro tekstil” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Muloqotlar çoğida işlab çiqariş sohasidagi asosiy muammolar sifatida transport va logistika infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmagani, ayniqsa mahsulotlarni uzoq hududlarga yetkazişda yöllar sifatining pastligi sababli xarajatlar oşişi qayd etildi. Şuningdek, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilişlar iş jarayoniga salbiy ta’sir körsatayotgani bildirildi.

Deputatlar bu kabi muammolarni tizimli hal etiş uçun mahalliy yöllar va sanoat zonalari logistikasini yaxşilaş, barqaror energiya ta’minotini ta’minlaş hamda soliq va hisobot yuritiş tizimini soddalaştiriş yuzasidan qonunçilik taşabbuslari tayyorlaşni rejalaştirmoqda. Şuningdek, işçi guruhlar faoliyati natijalari asosida tadbirkorlikni rivojlantiriş, agrobiznesni qöllab-quvvatlaş va yangi iş örinlari yaratişga doir amaliy takliflar işlab çiqilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?