Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

ÖzLiDeP deputatlari kömagida sanoat zonalari infratuzilmasini yaxşilaş uçun 2 mlrd. söm mablağ ajratiladi

16.12.2025
777

Andijon viloyatida “ÖzLiDeP deputatlik guruhlari minbari” loyihasi doirasida kiçik va yoşlar sanoat zonalari faoliyati yuzasidan navbatdagi jamoatçilik nazorati tadbiri ötkazildi. Unda deputatlar, jamoatçilik va mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirok etib, sanoat zonalaridan foydalaniş holati, ular samaradorligini oşiriş, yer maydonlaridan oqilona foydalaniş va mavjud muammolar atrofliça muhokama qilindi.

Ma’lum bölişiça, viloyatda 312,8 gektar maydonda 44 ta kiçik va yoşlar sanoat zonalari taşkil etilgan. Bugungi kunda uşbu zonalarga 1265 ta loyiha joylaştirilgan bölib, şundan 1030 tasi işga tuşirilgan. Loyihalar doirasida 1 trln 571 mlrd söm investitsiya özlaştirilib, 18 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratilgan. Şu bilan birga, samarasiz foydalanilayotgan ayrim loyihalar bekor qilinib, yer maydonlarini salohiyatli tadbirkorlarga qayta taqdim etiş çoralari körilmoqda.

Örganiş davomida tadbirkorlar tomonidan elektr ta’minoti, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş kabi qator muammolar kötarildi. Mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida bir qator sanoat zonalarida suv, elektr va yöl infratuzilmasini yaxşilaş uçun 2 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratiş belgilandi. Bu çora-tadbirlar kiçik biznes va yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlari yaratiş hamda hududlar iqtisodiy salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?