O‘zLiDeP deputatlari namanganlik tadbirkorlarning işlab çiqarişni kengaytiriş va eksport hajmini oşiriş böyiça takliflarini tinglaşdi
O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh Yangi Namangan tumanida joylaşgan kiçik sanoat zonasida böldi.
Deputatlar bu yerda faoliyat yuritayotgan “Sarkor Mebel” korxonasi iş faoliyati bilan tanişdilar. Zamonaviy texnologiyalar asosida turli xil mebel mahsulotlarini işlab çiqarayotgan uşbu korxonada mahalliy xomaşyo va resurslardan samarali foydalanilayotgani, tayyor mahsulotlar nafaqat içki bozor, balki xorijiy davlatlarga ham eksport qilinişi ta’kidlandi. Bu esa mahalliy işlab çiqariş salohiyatini oşiriş va yangi iş örinlarini yaratişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
– Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanç sohasiga aylanmoqda, – dedi A.Xaitov. – Şu bois bunday korxonalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş biz deputatlarning doimiy e’tiborimiz markazida böladi. Bugungi muloqotda işlab çiqarişni kengaytiriş, eksport hajmini oşiriş hamda sanoat zonasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada takomillaştiriş böyiça tadbirkorlarning takliflarini eşitdik. Ularni hal etiş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşiramiz.
Deputatlar taşrif çoğida korxona tomonidan yoşlar va ayollar bandligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarga ham alohida e’tibor qaratdilar.
Şuningdek, Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh “NamMotors” MÇJga qaraşli “Ayqiron-1” nasos stansiyasi faoliyati bilan ham tanişdi. Mazkur inşoot viloyatning suv ta’minoti tizimini yaxşilaş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va aholi turmuş darajasini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sönggi yillarda ob’yektda zamonaviy uskuna va texnologiyalar joriy etilgani, quvvat samaradorligi oşgani qayd etildi. Deputatlar suv nasoslari iş jarayoni, energiya tejovçi tizimlar hamda avtomatlaştirilgan boşqaruv uskunalari bilan yaqindan tanişdilar.