ÖzLiDeP deputatlari Qaşqadaryoda kadastr tizimidagi muammolarni örgandi
Qaşqadaryo viloyatida ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy kengaş deputatlaridan iborat iişçi gurh örganişlar olib boryapti. Işçi guruh vakillari viloyat adliya boşqarmasi hamda kadastr agentligi faoliyatini örgandi.
Tadbirda yerga mulk huquqini rasmiylaştiriş, kadastr hujjatlarini olişdagi murakkabliklar va ortiqça hujjatbozlik masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar va fermerlar tomonidan kadastr tizimidagi çözilişlar, navbatdagi muammolar hamda ayrim holatlardagi ta’magirliklar haqida deputatlarga murojaatlar bildirildi.
Deputatlar va partiya vakillari barça murojaatlarni sinçiklab örganib, ularni tegişli mutasaddilarga yetkaziş orqali hal etiş çoralari körilayotganini ma’lum qilişdi. Şuningdek, fuqarolar manfaatlarini himoya qiliş hamda qonunçilikdagi kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça aniq takliflar işlab çiqiş vazifasi belgilandi.
Uçraşuvda 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonunning joylardagi ijrosi holati böyiça ham fikrlar bildirildi.
ÖzLiDeP deputatlari partiyaning “Iş kabinetida emas, xalq içida” tamoyili asosida fuqarolar bilan oçiq muloqotni davom ettirib, joylarda kötarilayotgan muammolar asosida qonunçilik taşabbuslarini tayyorlaşini ma’lum qilişdi.