ÖzLiDeP a'zosi “Mobil biznes markazlar” tuziş taklifini berdi
Nukus şahridagi Yoşlar markazida «Innovatsion tadbirkorlik va yoşlar: Yangi avlod imkoniyatlari» mavzusida seminar-trening taşkil etildi. Tadbir «Tadbirkor yoşlarning 1000 innovatsion» loyihasi doirasida ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi va «Yoşlar – kelajagimiz» jamğarmasi hamkorligida ötkazildi.
Seminarning asosiy maqsadi yoşlarga zamonaviy biznes asoslarini örgatiş, biznes reja tuziş, marketing strategiyalari, moliyaviy hisob-kitoblar yuritiş va raqobatbardoş mahsulot yaratiş böyiça amaliy könikmalar berişdan iborat böldi. Şu bilan birga, innovatsion texnologiyalardan foydalanişni örgatiş orqali yoşlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlaş közda tutildi.
Tadbirda turizm va xizmat körsatiş sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda Nukus şahar Kengaşi deputatlari iştirok etib, yoşlar bilan oçiq muloqot olib bordi. Ular bozor talablari, innovatsion yondaşuvlar va biznesdagi hamkorlik imkoniyatlari haqida tajriba almaşişdi. Şuningdek, yoşlar öz ğoya va taşabbuslarini taqdim etişdi. Masalan, milliy raqslar asosida turistlar uçun konsert dasturi taşkil etiş, mobil xizmat körsatiş, ekologik toza mahsulot yetiştiriş hamda “mobil biznes markazlar” tuziş takliflari ilgari surildi.
Bu kabi seminarlar yoş avlodning intellektual salohiyatini rivojlantiriş, ularni mustaqil qaror qabul qilişga va biznes yönalişida faollaştirişga muhim turtki bölmoqda.