Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

ÖzLiDeP faollari toza raqobat muhitini şakllantiriş taşabbusini ilgari surdi

11.12.2025
961

Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oşirilayotgan “Korrupsiyasiz jamiyat sari” loyihasi doirasida “Korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça hamjihatlik” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

Davra suhbatida ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va parlamentdagi fraksiya a’zolari, mahalliy Kengaşlardagi deputatlik guruhlari, partiya faollari, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va uning huzuridagi Jamoatçilik kengaşi a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari iştirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida korrupsiyaga qarşi qat’iy kuraş – davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz rahbarligida sohaga oid huquqiy asoslar izçil mustahkamlanib, davlat boşqaruvida oçiqlik va şaffoflik, javobgarlik va hisobdorlik tamoyillari keng joriy etilmoqda. Har bir me’yoriy-huquqiy hujjat “korrupsiyadan xoli qonunçilik” tamoyili asosida işlab çiqilayotgani, jamoatçilik nazorati instituti kuçaytirilayotgani alohida qayd etildi.

ÖzLiDeP korrupsiyaga qarşi kuraşni nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy va ma’naviy masala sifatida köradi. Çunki korrupsiya erkin raqobatni çeklaydi, biznes muhitini zaiflaştiradi, investitsiya jozibadorligiga salbiy ta’sir körsatadi. Şu bois partiya “Korrupsiyasiz jamiyat sari” loyihasi orqali jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, huquqiy madaniyatni oşiriş, tadbirkorlikni himoya qiliş, oçiq va adolatli boşqaruvni qöllab-quvvatlaşni özining ustuvor vazifalari sifatida belgilagan.

Ötgan davr mobaynida mamlakat böylab aholini, ayniqsa yoş avlodni korrupsiyaga murosasiz ruhda tarbiyalaş maqsadida 10 mingga yaqin tarğibot tadbirlari ötkazildi. Şuningdek, 126 ta oliy ta’lim muassasasida 145 mingdan ortiq talaba iştirokida tanlovlar taşkil etildi.

2025 yil 1 yanvardan iş boşlagan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi orqali hozirga qadar 11,5 mingdan ziyod davlat xizmatçisi, 1200 dan ortiq içki nazorat xodimlari, korrupsiyaga qarşi kengaş a’zolari va bir milliondan ziyod tarbiyalanuvçilar qamrab olindi.

ÖzLiDeP taşabbusi bilan korrupsiyaga qarşi kurarşiş borasida belgilangan partiyaning çora-tadbirar rejasi asosida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, har oyda hududlarda prokuror va içki işlar boşliqlarining jamoatçilik oldida hisobot beriş amaliyoti yölga qöyildi va şu vaqtga qadar 500 dan ortiq oçiq hisobotlar taşkil etildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşda jamoatçilik iştiroki va deputatlik nazorati kuçaytirilib, hamkor taşkilotlar bilan aniq rejalar işlab çiqildi va 10 mingdan ziyod tarğibot tadbirlari amalga oşirildi.

Davra suhbatida iştirokçilar korrupsiyaga qarşi kuraşiş har bir fuqaro, har bir rahbar, har bir tadbirkor va jamoatçilik vakilining bevosita mas’uliyati ekanini ta’kidladilar. Şu bilan birga, partiyaning Saylovoldi dasturida korrupsiyasiz iqtisodiy muhit yaratiş, tadbirkorlar uçun toza raqobat şaroitlarini ta’minlaş, davlat organlari faoliyatida oçiqlikni kuçaytiriş yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oşirişda mazkur loyihaning ahamiyati katta ekani qayd etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?