ÖzLiDeP hamda “AMANAT” partiyasi “Ayollar qanoti” vakillari örtasida onlayn-muloqot bölib ötdi
Muloqotda Qozoğistonning “Amanat” partiyasi “Ayollar qanoti” hamraisi, Qozoğiston Respublikasi Parlamenti Majlisi Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik qömitasi raisi A.Quspan, “Otamakon” milliy tadbirkorlar palatasi qoşidagi tadbirkor ayollar kengaşi raisi L.Ramazanova, “Amanat” partiyasi “Ayollar qanoti” vakillari, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi a’zolari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari D.Fayziyeva va G.Xudayarovalar, şuningdek, ÖzLiDeP “Ayollar qanoti” faollari iştirok etdi. Muloqotga ikki davlat hududiy partiya kengaşlari ham onlayn tarzda ulanganligi uning amaliy ahamiyatini yanada oşirdi.
Muloqot davomida gender tenglikni ta’minlaş, xotin-qizlar yetakçiligini rivojlantiriş, davlat va jamiyat hayotida ayollar iştirokini yanada kengaytiriş borasida öz mamlakatlarining yetakçi kuçlari bölgan ÖzLiDeP va “Amanat” partiyalarida töplangan tajriba xususida fikr almaşildi. Ikki mamlakatda bu yönalişda amalga oşirilayotgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar va özaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Şuningdek, tadbirkor ayollarni rağbatlantiriş, ular uçun zamonaviy elektron bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş, ikki davlat tadbirkor ayollari örtasidagi yaqin hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirişda partiyaviy imkoniyatlarni işga soliş masalalari muhokama markazida böldi.
Muloqot sönggida tomonlar bunday uçraşuvni muntazam ötkazib borişga kelişib olişdi.