Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

ÖzLiDeP hududiy kadrlar salohiyatini oşiriş böyiça öquv kurslari izçil davom etmoqda

11.02.2026
613

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaş Ijroiya qömitasi taşabbusi bilan tuman (şahar) Kengaşlari raislarining birinçi örinbosari — apparat rahbarlarining siyosiy va professional salohiyatini oşirişga qaratilgan maxsus öquv kurslari izçil ravişda taşkil etilmoqda.

Mazkur öquvlar partiya faoliyatini hududlarda yanada samarali taşkil etiş, boşqaruv tizimida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş, partiya taşkilotlari işini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilmoqda. Respublikamizdagi barça 208 ta tuman (şahar) Kengaşlari apparat rahbarlarini qamrab oliş rejalaştirilgan bölib, bugungi kunga qadar 76 nafar iştirokçi öquv dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlab, belgilangan tartibda sertifikatlarga ega böldi.

Ayni paytda maşğulotlar tasdiqlangan öquv rejasi asosida davom etmoqda. Darslar va amaliy seminarlar tajribali mutaxassislar, soha ekspertlari, partiya faoliyatida katta tajribaga ega amaliyotçilar iştirokida olib borilmoqda. Ularda zamonaviy boşqaruv usullari, loyihaviy boşqaruv elementlari, hududiy partiya taşkilotlari faoliyatini samarali taşkil etiş, taşkiliy-kadrlar işlarini takomillaştiriş, jamoatçilik bilan oçiq va samarali muloqot örnatiş kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilinmoqda.

Şuningdek, öquvlar davomida partiya dasturiy maqsadlarini hududlarda tarğib qiliş, elektorat bilan işlaşning innovasion usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniş, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş böyiça amaliy könikmalar şakllantirilmoqda. Bu esa partiya taşkilotlarining oçiqligi, jamiyatdagi nufuzini oşirişga xizmat qilmoqda.

Mazkur öquv kursi partiya kadrlarining bilim va könikmalarini mustahkamlaş, ularning mas’uliyati va taşabbuskorligini oşiriş, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarga tizimli va professional yondaşuvni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Öquv jarayonlarining izçil davom ettirilişi esa ÖzLiDePning hududlardagi faoliyatini yanada kuçaytiriş, partiyaning elektorat bilan boğliq işini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilişi şubhasiz.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?