ÖzLiDeP işçi guruhi Andijonda: tadbirkorlik va mahalladagi muammolar örganilmoqda
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolaridan iborat işçi guruh Andijon viloyatida örganişlar olib boryapti.
Işçi guruh dastlab Andijon şahridagi “DIROMM” MÇJ korxonasida bölib, uning işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi. Korxonada jinsi matodan erkaklar va ayollar uçun zamonaviy hamda sifatli kiyim-keçaklar tayyorlanayapti.
Taşrif davomida korxona rahbariyati va işçi-xodimlar bilan oçiq muloqot ötkazilib, mavjud muammolar, taklif va taşabbuslar muhokama qilindi. Ayniqsa, işlab çiqariş hajmini kengaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va eksport geografiyasini diversifikatsiya qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hozirda mahsulotlar asosan Rossiya bozoriga eksport qilinayotgani ta’kidlandi.
Şuningdek, işçi guruh Andijon şahridagi “Temur Malik” mahalla fuqarolar yiğinida ham bölib, mahalla yettiligi bilan uçraşuv ötkazdi. Unda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, aholi bandligi, yoşlar va xotin-qizlar bilan işlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar körib çiqildi.
Işçi guruh a’zolari tomonidan tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, aholi farovonligini oşiriş va hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda aniq çora-tadbirlar körişga kelişib olindi.