Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 21-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP ishchi guruhi Surxondaryoda tadbirkorlik va xususiy ta’lim sohasidagi muammolarni o‘rgandi

23.09.2025
231

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik va xususiy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi. Termiz shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda xususiy maktablar uchun kommunal to‘lovlarda imtiyozlar berish va yer maydoni ajratish masalalari ko‘tarildi. Shuningdek, uy bog‘chalari uchun davlat tomonidan beriladigan kunlik ovqat mablag‘ini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan “Afrosiyob-Parranda” MCHJ vakillari bilan bo‘lib o‘tlag muloqotda esa qo‘shni Afg‘onistondagi filiallar bilan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan muammolarga to‘xtalib, xodimlarga ko‘p martalik kirish-chiqish vizalari berilishi zarurligini ta’kidladilar. Korxona yiliga 50 ming tonna omuxta yem ishlab chiqaradi va mahsulotlarini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilmoqda.

Shuningdek, “Surxon-Art-Keramiks” MCHJda olib borilgan muloqotda korxonaning mahsulot ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun karyer maydoni ajratish masalasi ko‘tarildi. Bu orqali yillik ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va eksportni kengaytirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

Ishchi guruh viloyat hunarmandlari bilan ham uchrashib, subsidiya ajratishdagi muammolar, bozorlarda hunarmandchilik rastalarining yo‘qligi va xomashyo masalasiga oid takliflarni o‘rgandilar. Ushbu tashriflar natijasida bildirilgan taklif va tashabbuslar tegishli vazirlik va idoralarga yetkazilishi belgilandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?