Dushanba 10-Mart 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitish tizimini qo‘llab-quvvatlaydi

25.02.2025
180

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi va partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari navoiylik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 Partiya viloyat Kengashi mas’ullari, deputatlar, yoshlar, partiya  faollari hamda tadbirkorlar ishtirok etgan muloqotda O‘zLiDePning kelgusi yillardagi maqsad-vazifalari xususida so‘z yuritildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, partiya barqaror ish joylarini yaratib, kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilishning mahallabay dasturlarini ishlab chiqish, tuman, shahar va mahallalarning master-rejalari ustida ishlashda deputatlik guruhi vakillaridan iborat jamoatchilik nazoratini kuchaytirgan holda bu boradagi islohotlarimiz ko‘lami va qamrovini yanada oshirishni ustuvor vazifasi, deb biladi.

Shuningdek, partiya kelgusi yillarda aholi bandligi va ishbilarmonligini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Xususan, tadbirkorlar sektori qamrovini yanada oshirish, ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, korxonalar buyurtmasi asosida kasbga tayyorlash amaliyotini joriy qilish, har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi”ni tashkil qilish partiyaning ustuvor vazifasidir.

Partiya saylovoldi platformasida ishsiz fuqarolarni  tadbirkorlikka jalb qilish uchun mikromoliyalash xizmatlarini kengaytirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlardan keng foydalanish uchun imkoniyat yaratish, o‘z biznesini ijaraga olingan binoda boshlayotgan ishsiz fuqarolarga bir yillik ijara xarajatining 50 foizini qoplab berish ham belgilanganligi takidlandi.

Muhokama ishtirokchilari partiya tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlarni chuqur anglagan holda yurtimiz taraqqiyoti uchun o‘z hissalarini qo‘shishlarini bildirib o‘tishdi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat
Kengashi matbuot xizmati 

Saytni yangi dizayni yoqdimi?