O‘zLiDeP keksalar salomatligini muhofaza qilişga qaratilgan qonun loyihasini işlab çiqmoqda
O‘zLiDePning “Keksalarga madad” loyihasi doirasida “Keksalar salomatligini muhofaza qiliş: muammolar va yeçimlar” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Tadbirda parlament deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, “Nuroniy” jamğarmasi, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi hamda partiya faollari iştirok etib, keksa avlodni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mamlakatimizda keksalarni e’zozlaş, ularga munosib şaroit yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlardan biri ekani ta’kidlandi.
Uçraşuvda O‘zLiDePning Dasturi va Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan kelib çiqib, “Keksalar salomatligini muhofaza qiliş töğrisida”gi qonun loyihasini işlab çiqiş konsepsiyasi atrofliça muhokama qilindi. Qonunning asosiy maqsadlari — keksalarning huquqlari va ijtimoiy himoyasini mustahkamlaş, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, soliq va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş mexanizmlarini soddalaştiriş, şuningdek, mahalla–oila–jamiyat hamkorligini kuçaytirişdan iborat ekani qayd etildi.
Tadbir iştirokçilari tomonidan profilaktik tibbiy köriklarni muntazam yölga qöyiş, patronaj xizmati, reabilitatsiya markazlari faoliyatini rivojlantiriş, “Keksa inson kartasi” orqali ijtimoiy imtiyozlarni kengaytiriş, hududlarda “Keksalar markazlari” va “Ijtimoiy xonadonlar”ni taşkil etiş kabi yönalişlar taklif etildi. Qonun qabul qilinişi natijasida keksalarning turmuş sifati yaxşilanişi, ijtimoiy himoyaning kuçayişi va jamiyatda keksa avlodga bölgan hurmatning yanada oşişi kutilmoqda.