Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 14-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP kubogi – sport, do‘stlik va hamjihatlik ko‘prigiga aylanib bormoqda

14.10.2026
37

Andijon shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zLiDeP tashkil topganining 23 yilligi munosabati bilan O‘zLiDeP kubogi sport musobaqasi o‘tkazildi.

Partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi “Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasi doirasida tashkil etilgan bellashuvda viloyatning 16 ta tuman va shahrida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etish bilan birga, boshqa hududlardagi partiya faollari bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, Bo‘ston tumani vakili Doston Abdurahimov birinchi, Shahrixon tumani vakili Baxtigul Tursunova ikkinchi, Marhamat tumani vakili Sabohat Mamanova esa uchinchi o‘rinni egalladi.

“Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasi orqali mahalla va korxonalarda sport tadbirlarini tashkil etish, aholini jismoniy faollikka jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda tadbirkorlarning ijtimoiy tashabbuslardagi ishtirokini oshirish ko‘zda tutilgan. Andijondagi mazkur musobaqa ham partiya faollarini sport maydonida birlashtirib, o‘zaro do‘stlik, hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?