ÖzLiDeP muloqotida tadbirkorlarning raqamli xizmatlardan foydalanişiga tösiq bölayotgan byurokratik muammolar kötarildi
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan “Iqtisodiyotni raqamlaştiriş va biznesni modernizatsiya qiliş yöllari” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralar vakillari, IT mutaxassislari, tadbirkorlar va startapçilar iştirok etib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor raqobatbardoş raqamli muhit yaratiş, biznes uçun qulayliklarni kengaytiriş va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga qaratildi.
Muhokamalar davomida raqamli iqtisodiyotning huquqiy va institusional asoslarini mustahkamlaş, davlat xizmatlarining raqamlaşuv darajasini oşiriş, soliq va moliya sohasida raqamli tuzilmalarni joriy etişda yuzaga kelayotgan muammolar tilga olindi. Ayniqsa, tadbirkorlar uçun raqamli xizmatlardan foydalanişdagi byurokratik tösiqlar, onlayn platformalarning yetarli integratsiya qilinmagani va kadrlar salohiyatining yetişmasligi dolzarb masala sifatida qayd etildi. Elektron tölovlar va onlayn lisenziyalaş tizimlari töliq işlamayotgan hududlar borligi ham asosiy muammolar qatorida tilga olindi.
Tadbirda raqamli islohotlarni tezlaştiriş böyiça qator takliflar ilgari surildi. Jumladan, “Digital Business Uzbekistan” yagona platformasini yaratiş, tadbirkorlar uçun yagona elektron xizmatlar portali taşkil etiş, IT sohasida kadrlar tayyorlaşni kuçaytiriş, elektron şartnomalar va onlayn lisenziyalaş tizimini soddalaştiriş taklif etildi. Şuningdek, yoşlar va xotin-qizlar tadbirkorligini IT sohasiga jalb qiliş uçun maxsus grant dasturlarini işlab çiqiş zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir iştirokçilari tomonidan bildirilgan fikrlar ham tadbirning amaliy ahamiyatini yanada oçib berdi. Deputatlar raqamli iqtisodiyotni “yangi fikrlaş tarzi” sifatida baholagan bölsa, vazirlik vakillari raqamli xizmatlarni joriy etişda jamoatçilik iştiroki muhimligini qayd etdi. Startap vakillari raqamli iqtisodiyotning yoşlar uçun innovasion rivojlaniş imkoniyatlarini kengaytirişiga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbir yakunida ÖzLiDeP raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş borasida idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş va doimiy muloqot maydonçasini taşkil etişni rejalaştirganini ma’lum qildi.