O‘zLiDeP nomzodi urganchlik saylovchilar bilan uchrashdi
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan “Bahmal Group” kompaniyasida 59-Xorazm saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Barno Berdiyevaning saylovchilar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Unda partiya viloyat Kengashi mutasaddilari, Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashiga nomzodlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda 5 maqsad – 500 vazifani o‘z ichiga qamrab olgan xalqchil yangi saylovoldi dasturi xususida so‘z bordi.
Partiya xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari bundan buyon ham asosiy vazifa bo‘lib qolishi aytib o‘tildi. Jamiyatda ayollar tadbirkorligini faollashtirishga qaratilgan siyosatni izchil davom ettirib, ayollarning masofaviy mehnat va raqamli tadbirkorlik bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga jiddiy e’tibor qaratiladi. Shu orqali ayollar orasidagi ishsizlik darajasi 2 marta kamaytirilishi kabi vazifalar saylovchilarni e’tirofiga savozor bo‘lmoqda.
Shuningdek, deputatlikka nomzod shahardagi “Nurli hayot” va “Olimpiya” mahallalarida xonadonma-xonadon yurib, aholiga bo‘lajak saylovlarning ahamiyati haqida gapirib, bo‘lajak saylovda partiya nomzodlariga ovoz berishga chaqirdi.