O‘zLiDeP nomzodi xonaqalik saylovchilar bilan uchrashdi
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Madaniyat bo‘limi binosida 59-Xorazm saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Barno Berdiyevaning saylovchilar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda partiyamizning bu galgi parlament saylovlariga 5 maqsad, 500 vazifani o‘z ichiga qamrab olgan xalqchil yangi dasturi bilan kirib borayotgani ta’kidlandi.
Deputatlikka nomzod partiyaning saylovoldi dasturi bandlariga alohida to‘xtalib, aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotiga bo‘lgan talabini to‘la qondirish va ichki bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari barqarorligiga erishish, qishloq xo‘jaligida 1 gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish uchun barcha choralar ko‘rilishini aytib o‘tdi. Partiya o‘z saylovoldi dasturida foydalanilmayotgan maydonlarni o‘zlashtirish hisobiga 300 ming gektarda intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish tarafdori ekanligini aytib o‘tdi.
Uchrashuvda saylovchilar, xususan, keksa avlod vakillari, yoshlar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari o‘z fikr hamda taklifdarini bildirdilar.