O‘zLiDeP nukuslik yoşlarning moliyaviy savodxonligini oşirişga qaratilgan seminar-trening ötkazdi
Nukus şahar Yoşlar markazida “Yoşlar 1+1: moliyaviy savodxonlik” loyihasi doirasida navbatdagi seminar-trening bölib ötdi. Tadbir Markaziy bank Qoraqalpoğiston Respublikasi boş boşqarmasi hamda qator hamkor taşkilotlar bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Seminarda partiya faollari, tijorat banklari mutaxassislari, kiberxavfsizlik sohasi vakillari hamda nufuzli ta’lim muassasalari talabalari iştirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoşlar örtasida moliyaviy savodxonlikni oşiriş, ularni şaxsiy mablağlarni töğri boşqariş va zamonaviy moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalaniş könikmalari bilan taniştirişdan iborat böldi.
Ma’ruzalar davomida iştirokçilarga bank kartalaridan foydalanişdagi xavfsizlik qoidalari, omonatlarni rejalaştiriş usullari, investitsiya asoslari hamda kiberjinoyatlardan himoyalaniş yöllari haqida amaliy tavsiyalar berildi. Şu bilan birga, yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş böyiça davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozli kreditlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.
Seminar interaktiv şaklda taşkil etildi — talabalar öz biznes ğoya va rejalarini bayon etib, mutaxassislardan foydali maslahatlar oldilar. Savol-javob qismida esa qatnaşçilarni qiziqtirgan barça savollarga atrofliça javob berildi.