Asosiy kontentga o‘tish
Juma 13-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

13.11.2026
30

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, 2003 yil 15 noyabrda tashkil etilgan partiya bugun mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuchlardan biriga aylandi. Ayni paytda partiya safida 2 million 400 mingdan ziyod a’zo birlashgan bo‘lib, ular 17 mingdan ortiq boshlang‘ich partiya tashkiloti orqali faoliyat yuritmoqda. Bu esa partiyaning jamiyatdagi o‘rni va elektorat bilan ishlash imkoniyatlari ortib borayotganidan dalolat beradi.

Majlisda partiyaning qonun ijodkorligi, parlament va mahalliy Kengashlardagi deputatlik faoliyati, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, joylardagi muammolarni hal etish va partiya tashabbuslarini hayotga tatbiq qilish borasidagi natijalarga e’tibor qaratildi.

Alohida ta’kidlanganidek, «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida aholi va tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash va fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yig‘ilish yakunida erishilgan natijalar bilan birga mavjud kamchiliklar ham muhokama qilinib, partiya faoliyati samaradorligini yanada oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish va aholi ishonchini mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?