O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi
Joriy yilning 24-mart kuni Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Yiğilişda dastlab “Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili”da partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, “Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili”da davlat dasturida belgilangan har bir vazifa xalqimiz hayotini yanada farovonlaştiriş, mamlakatimiz salohiyatini yanada oşirişga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir. E’tiborlisi, davlat dasturida nazarda tutilgan atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” borasidagi vazifalar partiyamiz saylovoldi dasturidan örin olgan köplab taşabbus va ğoyalar bilan muştarak.
Masalan, dasturdan örin olgan Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yaşil maydon” barpo etiş va Orolböyi mintaqasidagi örmonzorlarni 2,1 million gektarga yetkaziş kabi maqsadlar partiya saylovoldi dasturidan örin olgan vazifalarga batamom mos. Şuningdek, respublika energobalansida qayta tiklanuvçi energiya uluşini oşiriş, davlat-xususiy şeriklik asosida yirik “yaşil energiya stansiyalarini barpo etiş hamda 2025 yil 1 iyunga qadar “Bir million yaşil oila” umummilliy harakati doirasida maxsus platformani işga tuşiriş kabi vazifalar ham O‘zLiDeP taklif-taşabbuslariga hamohangdir.
Ijtimoiy yönalişga alohida e’tibor qaratayotgan partiyamiz 3,5 ming kambağal oila farzandlarini oliy ta’lim taşkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qiliş taşabbusini ham qöllab-quvvatlaydi. Jamoatçilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qiliş böyiça taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş tizimini joriy etiş taklifini ham faollarimiz ma’qullamoqda. Şuningdek, davlat byudjeti mablağlaridan samarali va oqilona foydalanişda parlament nazoratini yanada kuçaytiriş böyiça bayon etilgan vazifalar mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy ravojiga hissa qöşadi.
Yiğilişda partiyaning joriy yil ötgan davri mobaynida amalga oşirgan işlariga ham töxtalib ötildi. Ta’kidlanganidek, ötgan davrda partiya fraksiyasi a’zolari boşqa fraksiyalar a’zolari bilan birgalikda 5 ta qonun loyihasiga hamtaşabbuskor bölişdi. Fraksiya a’zolarining taşabbusi va bevosita iştirokida jami 27 ta tadbir, şu jumladan, 7 ta seminar, 7 ta davra suhbati va taşkil etildi. Mazkur davrda 13 marotaba fraksiya yiğilişi ötkazilib, ularda 124 ta masala körib çiqildi.
Şuningdek, fraksiya taşabbusi bilan “Hukumat soati”da Suv xöjaligi vaziri Ş. Xamrayevning axboroti, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I. Ergaşevning Parlament söroviga javobi eşitildi. Bundan taşqari, fraksiya tomonidan hisobot davrida Vazirlar Mahkamasining, Boş vazir örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Z. Maxkamovaning, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratovning, Inson huquqlari böyiça vakilning (Ombudsmanning), Bolalar ombudsmanining axborot hamda ma’ruzalari eşitildi.
Fraksiya a’zolari tomonidan partiya saylovoldi dasturidagi vazifalar ijrosini ta’minlaşga qaratilgan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlariga 8 ta deputat sörovi yuborildi.
Şuningdek, ötgan davrda partiyaning mahalliy kengaşlardagi deputatlik guruhlari, yoşlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etiş böyiça loyihalari tanqidiy tahlil qilindi.
Yiğilişda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Milliy kengaşning korrupsiyaning oldini oliş böyiça işlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ahamiyati haqida ham söz yuritildi.
Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun 55 ta aniq maqsadga yönaltirilgan taşabbuslarni ilgari surdi. Ular doirasida 5 ta qonun, 12 ta farmon va qarorlar işlab çiqiladi. Korrupsiyaga qarşi kuraşişda parlament, Milliy va hududiy kengaşlar, fuqarolik jamiyati institutlarining roli oşiriladi. Bu jarayonda partiyamiz va fraksiyamiz yanada köproq va mas’uliyat bilan işlaşi talab etiladi.
Prezidentimiz belgilab bergan barça taşabbuslari asosida partiyamizning uzoq muddatli çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi. Joylarda partiyamiz quyi böğinlaridan tortib, Qonunçilik palatasidagi fraksiyasigaça – barça vakillarimiz faol iş olib borişadi.
Şuningdek yiğilişida Davlatimiz rahbarining kiçik va örta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi örnini oşiriş va rivojlanişini yangi bosqiçga olib çiqiş masalalariga bağişlangan uçraşuvida belgilangan dolzarb masalalarga ham alohida töxtalib ötildi. Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş – bu bizning strategik yölimiz ekani ta’kidlanib, tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş mamlakatimiz iqtisodiy qudratli va xalqimiz farovon hayotining kafolati ekani qayd etildi.
Yiğilişda kiçik va örta tadbirkorlar soni beş yilda 2 karra köpaygani, iqtisodiyotning yarmidan köpi, sanoat va eksportning uçdan biri şu soha vakillari hissasiga töğri kelayotgani e’tirof etilib, joriy yilda ham mazkur sohaga jiddiy e’tibor qaratilişi ta’kidlandi. Jumladan, kiçik va örta biznesning iqtisodiyotdagi uluşini 55 foizga kötarib, 70 milliard dollarlik qöşilgan qiymat yaratiş, yangi bozorlarga kirib borişda transport, sertifikat va standart masalalariga kömaklaşib, kiçik biznes eksportini ötgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib çiqiş vazifasi qöyildi.
Siyosiy Kengaş yiğilişda davlatimiz rahbarining mazkur taşabbuslari partiyamiz saylovoldi dasturidagi vazifalarga uyğun va hamohang ekani qayd etildi.
Yiğilişda Prezidentimizning joriy yil 14 fevral kuni yoşlar bilan videoselektor şaklida bölgan uçraşuvining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ham fikr almaşildi. Davlatimiz rahbarining yoşlar uçun manfaatli iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlik faoliyatini moliyalaştirişga kömaklaşiş yönalişida tizimli iş olib boriş, yoşlar bandligi va işbilarmonligini faol qöllab-quvvatlaş, ularni tadbirkorlikka jalb qiliş uçun mikromoliyalaş xizmatlarini kengaytiriş kabi yönalişlarda ilgari surgan taklif-taşabbuslari partiyamiz saylovoldi dasturiga öyğun va hamohang ekani qayd etildi.
Şuningdek, Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori mazmun-mohiyati ham muhokama qilindi. 2 million nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlaş, 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş, 250 ming nafar xotin-qizlarni esa oliy ta’lim bilan qamrab oliş va 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda soğlomlaştiriş hamda ularda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş böyiça seminarlar taşkil etiş kabi vazifalar ayollarning ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada mustahkamlaşi e’tirof etildi.
Yiğilişda kun tartibidagi barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.