O'zLiDeP tizimida kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quvlarning birinchi bosqichi yakunlandi
Yil boshida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining 2025 yil 29 dekabrdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida siyosiy kuch xodimlarining bir necha bosqichli o‘quvlari tashkil etilishi belgilangan edi. Dastlab partiya tuman va shahar kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbarlarining siyosiy va professional malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etilib, unda jami 191 nafar tinglovchi muvafaqqiyatli qatnashib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi. Ko‘zlangan asosiy maqsad hududiy tashkilotlar faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish, rahbar xodimlarning siyosiy savodxonligi va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Ushbu o‘quvlarning navbatdagi bosqichida partiya viloyat kengashlari apparat xodimlari va alohida yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lim mudirlari o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi.