Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

O‘zLiDeP vakillari Anqaradagi xalqaro forumlarda iştirok etdi

05.11.2026
1025

2026 yil 30–31 oktyabr kunlari Turkiyaning Anqara şahrida Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) Xotin-qizlar qanoti taşabbusi bilan turkiy davlatlar xotin-qizlarining siyosiy yetakçiligi, iqtisodiy va ijtimoiy faolligi hamda özaro hamkorligiga bağişlangan xalqaro tadbirlar ötkazildi.

Anjumanlarda Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari — O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi Ayollar muammolarini örganiş va işbilarmonligin qöllab quvvatlaş bölimi boş konsultani Nilufar Otayeva hamda partiya Andijon viloyat Kengaşi raisi, xalq deputatlari Andijon viloyati Kengaşi deputati Xurşida Xalilova iştirok etdi.
Kunning birinçi yarmida Şeraton Ankara Hotel & Convention Center majmuasida «Turkiy dunyoda diplomatiyada xotin-qizlar forumi» bölib ötdi. Unda turkiy mamlakatlar vakillari xotin-qizlarning davlat boşqaruvi va diplomatiyadagi iştiroki, yetakçilik salohiyati, iqtisodiy mustaqilligi hamda mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Forumning asosiy sessiyasida Xurşida Xalilova «Xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi iştiroki» mavzusida ma’ruza qildi. U Özbekistonda ayollar bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga töxtaldi. Şuningdek, O‘zLiDePning hududlarda xotin-qizlar bilan işlaş tajribasi haqida ma’lumot berdi.

Şu kuni keçqurun AK Parti Boş qarorgohida «Siyosatda ayol böliş: hikoyalarimiz, kuraşimiz va muştarak kelajagimiz» mavzusida xalqaro muloqot taşkil etildi. Unda Nilufar Otayeva «Xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytiriş: siyosat, tadbirkorlik va ijtimoiy özgariş» mavzusida ma’ruza qildi.

Öz çiqişida u Özbekistonda xotin-qizlarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oşiriş böyiça erişilayotgan natijalar, ularning tadbirkorlik va zamonaviy kasblarga jalb etilişi, şuningdek, O‘zLiDePning «Işbilarmon ayol» va «Xalq bilan birga» loyihalari doirasidagi faoliyati haqida söz yuritdi.

Tadbirlar davomida AK Parti Boş raisining örinbosari Kurşad Zorlu, partiya Xotin-qizlar qanoti raisi Tuğba Işik Erjan va turkiy davlatlar vakillari iştirokida özaro muloqotlar bölib ötdi.

O‘zLiDeP vakillari turkiy davlatlar siyosiy partiyalarining xotin-qizlar tuzilmalari örtasida hamkorlikni kengaytiriş, tadbirkor ayollarning özaro işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş, tajriba almaşiş hamda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt böyiça qöşma öquv dasturlarini taşkil etiş yuzasidan takliflar bildirdilar.

Anqaradagi xalqaro tadbirlar turkiy davlatlar xotin-qizlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni örganiş va kelgusida amaliy hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim muloqot maydoni böldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?