ÖzLiDeP vakillari parkentlik uruş qatnaşçisi holidan xabar oldi
Toşkent viloyati Parkent tumani “Nomdanak” qişloğida Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Anorboy Jalilov holidan xabar olindi. Tadbir ÖzLiDeP Toşkent viloyat Kengaşi raisi Tölqinjon Fayziyev boşçiligida partiya faollari iştirokida, “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida taşkil etildi.
1924 yilda tuğilgan Anorboy ota 1944–1950 yillarda 2-Belorus fronti tarkibida Ukraina, Polşa va Germaniyani ozod etiş janglarida iştirok etgan. Uruşdan söng 1951–1981 yillarda Parkent tumanida boşlanğiç sinf öqituvçisi sifatida faoliyat yuritib, ta’lim sohasi rivojiga hissa qöşgan. Uning uzoq yillik mehnati va xizmatlari davlat tomonidan bir qator orden va medallar bilan taqdirlangan.
Taşrif davomida faxriyning hol-ahvoli örganilib, unga esdalik sovğalar topşirildi va samimiy suhbat ötkazildi. Bunday taşriflar keksa avlodga hurmat körsatiş, tinçlik qadrini uluğlaş va yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.