O‘zLiDeP vakillari Turkiyada ötkazilgan ICAPP Ayollar qanotining 9-yiğilişida iştirok etdi
Joriy yil 9–11 aprel kunlari Istanbul şahrida Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (ICAPP) Ayollar qanotining 9-yiğilişi bölib ötdi. Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi mas’ul xodimlari S. Muslimova va L. Rahimova iştirok etişdi.
11 ta davlatdan taşrif buyurgan 13 ta yetakçi siyosiy partiya vakillari qatnaşgan anjumanda “Global özgarişlar davrida ayollar yetakçiligi” mavzusiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, tinçlikni asraş, global hamkorlikni mustahkamlaş hamda iqlim özgarişiga qarşi kuraşda xotin-qizlarning rolini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon iştirok etdi. U öz sözida xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi iştirokini kengaytiriş masalalariga töxtaldi.
Anjuman doirasida O‘zLiDeP delegatsiyasi bir qator hamkor siyosiy partiyalar rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan muloqotda bölişdi. Xorijiy siyosiy taşkilotlar bilan samarali muloqotlar olib bordi. Jumladan, ICAPP Doimiy qömitasi raisi örinbosari, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisining Taşqi aloqalar böyiça örinbosari, Turkiya Buyuk millat majlisi deputati Z.Sirakaya, şu partiyaning Turkiy davlatlar bilan aloqalar masalalari böyiça örinbosari, Turkiya Buyuk millat majlisi deputati K.Zorlu, qolaversa, Ozarbayjon, Qozoğiston, Rossiya va bir qator boşqa davlatlar yetakçi siyosiy partiyalari xalqaro departamentlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdilar.
Uçraşuvlar yakunida ayollar yetakçiligini rivojlantiriş, bu borada tajriba almaşiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi. Samarali ötgan mazkur taşrif partiyaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlaş va xotin-qizlarning siyosiy faolligini oşirişda muhim qadam böldi.