Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 11-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP yetakchisi fermerlarning o‘zaro tajriba almashish taklifini qo‘llab-quvvatladi

10.10.2025
75

Jizzax viloyatidagi paxtakorlar Chin o‘lkasidan keltirilgan serhosil chigit urug‘ini ekishni boshladilar. Ushbu yangilik samaradorligi, yig‘im-terim jarayoni va fermerlar faoliyati bilan tanishish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Sharof Rashidov tumanida bo‘ldi.

Abdunabi Abdurahimov boshchiligidagi “Qo‘rg‘ontepa” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida tumanda agrar sohada yo‘lga qo‘yilayotgan ilg‘or usullar, ularning afzalliklari va to‘planayotgan tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi. Yangilikdan cho‘chimaslik, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hisobiga hosildorlikni bir necha baravar oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida fermerlar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Xususan, yangi urug‘lar sinab ko‘rilayotgan va yangicha ish usullari joriy etilayotgan hududlarda fermerlar uchun maxsus o‘quvlar tashkil qilish taklifi bildirildi va u O‘zLiDeP yetakchisi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?