ÖzLiDeP yoş olimlarning ilmiy işlanmalarini qöllab-quvvatlaydi
ÖzLiDeP Farğona viloyati Kengaşi taşabbusi bilan Farğona davlat universitetida “Yoş olimlar ligasi” doirasida “Global jarayonlar fonida ilm-fanning dolzarb muammolari va yeçimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazildi. Tadbir yoş olimlar va talabalarning ilmiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş, innovasion ğoyalarni rağbatlantirişga qaratildi.
Anjumanga 63 dan ortiq ilmiy maqola kelib tuşdi, şundan 25 tasi naşrga tavsiya etildi. Jumladan, universitet talabasi Madaminov Ölmasjon turizm sohasida xalqaro huquqning örni haqidagi ilmiy işi bilan faol iştirok etdi.
Bunday taşabbuslar yoşlarning ilm-fanga qiziqişini oşiriş, ularning ğoyalarini amaliyotga joriy etiş va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi ilmiy yeçimlarni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.