O‘zLiDeP “Yoşlar qanoti” faollari Senat faoliyati bilan yaqindan tanişdi
Ma’lumki, mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning iqtidorini yuzaga çiqariş masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada Oliy Majlis Senatida ham yoşlar bilan bevosita muloqotlar ötkazilmoqda, bunda yoşlarning ta’lim olişi, kasb-hunar egallaşi, umuman jamiyatda öz örnini topişiga e’tibor qaratilmoqda.
Öz navbatida, “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da uşbu işlarni faollaştiriş maqsadida senatorlar O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi hamda O‘zLiDeP Toşkent şahar Kengaşi Yoşlar va biznes tuzilmalari bilan işlaş bölimining iqtidorli yoşlari bilan parlament yuqori palatasida “Parlamentda yoşlar örni” loyihasi doirasida uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida yoşlarning huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularning manfaatlarini himoya qiliş, intellektual salohiyatini töliq namoyon etişi, jamiyatda munosib örin egallaşi uçun ularga yaratilayotgan şaroitlar xususida söz bordi.
Uçraşuvda Senat tomonidan qonunlarni muhokama qiliş va qabul qiliş jarayonlari, qonunlar ijrosi, talabalarning parlament faoliyati haqida nazariy bilimini oşiriş, ta’limning bevosita amaliyot bilan uyğunligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida yoşlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Şu bilan birga qonunlarni qabul qiliş jarayonida kelajak avlodning örni, xususan, qabul qilinayotgan qonunlarga ularning takliflari muhimligi ta’kidlandi. Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissini kuçaytiriş lozimligi qayd etildi.
Uçraşuv doirasida bugungi kunda dolzarb qonunlarni qabul qiliş, davlat dasturlarining ijrosini ta’minlaş, parlament nazoratini olib boriş, ijro organlari va mansabdor şaxslarning xalq oldidagi hisobdorligini oşiriş parlament faoliyatining ustuvor yönalişlari ekanligi qayd etildi.
Oçiq muloqot şaklida ötgan tadbirda yoşlar senatorlarga özlarini qiziqtirgan savollarini yölladi va batafsil javob oldi. Şuningdek, Senat qömitalari hamda uning devoni iş jarayoni bilan yaqindan tanişdilar.