ÖzLiDePda Belarus Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi bilan uçraşuv bölib ötdi
Joriy yilning 27 mart kuni ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitovning Belarus Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda ikki davlat örtasidagi strategik hamkorlik, oçiq va işonçli muloqotlarga asoslangan munosabatlar izçil rivojlanayotgani ta’kidlandi. Şuningdek, siyosiy partiyalar va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaş xalq manfaatlarini ilgari surişda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
Elçi tomonidan ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 1 milliard dollarga yaqinlaşayotgani va 2030 yilgaça bu körsatkiçni 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça “yöl xaritasi” işlab çiqilayotgani ma’lum qilindi.
Muloqot davomida ÖzLiDeP va “Belaya Rus” partiyasi örtasida hamkorlikni kengaytiriş, xalqaro konferensiyalar va forumlarda özaro iştirok etiş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv döstona va konstruktiv ruhda ötib, kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişi qayd etildi.