Firibgarlar tuzoğiga tuşmaslik uçun: partiyada kiberhimoya masalalari muhokama qilindi
Bugungi kunda kiberjinoyatlar va kiberhujumlar soni jadal sur’atlarda köpayib bormoqda. Internet orqali firibgarlik, şaxsiy ma’lumotlarni öğirlaş va turli tuzoqlarga tortib oliş holatlari partiya elektorati orasida ham katta xavotir uyğotmoqda. Şu bois, O‘zLiDeP partiyasi öz elektorati xavfsizligini ta’minlaş va kiberjinoyatlarni oldini oliş maqsadida mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda qator amaliy işlar olib bormoqda.
Şu doirada O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasida kiberhujumlarni oldini oliş va kiberjinoyatçilar domiga tuşib qolmaslik masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Tadbirda Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi Kiberxavfsizlik boşqarmasi mas’ul xodimi, katta leytenant Sodiqjon Xudoyqulov, partiya markaziy apparati xodimlari va “Zoom” platformasi orqali partiya hududiy bölinmalari xodimlari iştirok etdi.
Yiğilişda kiberxavfsizlik haqida umumiy tuşunça berilib, firibgarlar qarmoğiga tuşib qolayotgan yurtdoşlarimiz soni ortib borayotgani qayd etildi. Şuningdek, şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş usullari, kiberfiribgarlarni aniqlab oliş texnologiyalari haqida ma’lumotlar berildi.
Yiğiliş yakunida O‘zLiDeP kiberjinoyatlarni oldini oliş va elektorat manfaatlarini himoya qiliş böyiça mutasaddi taşkilotlar bilan uzviy hamkorlikka tayyorligini bildirdi.