ÖzLiDePning bepul tibbiy körik aksiyasida 200 nafar sirdaryolik xotin-qizlar qatnaşdi
Sirdaryo viloyatida xotin-qizlar salomatligini muhofaza qiliş va onkologik kasalliklarni erta bosqiçlarda aniqlaş maqsadida ÖzLiDeP viloyat Kengaşi “Ayollar qanoti” taşabbusi bilan “Salomatlik sari” loyihasi doirasida salomatlik aksiyasi ötkazildi. Tadbir “Millat salomatligi – yurt qudrati!” şiori ostida Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali, uning Sirdaryo tumanlararo perinatal bölimida bölib ötdi.
Aksiya doirasida 200 nafardan ortiq ayollar kolposkopiya usuli orqali skrining tekşiruvlaridan ötkazilib, baçadon böyni saraton kasalligi xavfi aniqlandi. Şuningdek, iştirokçilarga soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş va muntazam profilaktik körikdan ötişning ahamiyati haqida tuşuntirişlar berildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Gulşana Xudoyorova va Gavhar Olimova, ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi va Ijroiya qömitasi bölim mudiri Sevara Muslimova, partiyaning Sirdaryo viloyat Kengaşi apparat rahbari Şohista Bozorboyeva hamda partiya faollari iştirok etişdi.
– Bu kabi bepul tibbiy köriklar nafaqat şaharlarda, balki çekka hududlarda ham amalga oşirilmoqda, – dedi deputat Gulşana Xudoyorova. – Loyihaning asosiy maqsadi — xotin-qizlar soğliğini muhofaza qiliş, onkologik kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaş va aholi orasida tibbiy madaniyatni oşirişdan iborat. “Salomat ayol — soğlom oila, soğlom jamiyat” tamoyilini hayotga tatbiq etişda bunday tadbirlar beqiyos ahamiyatga ega.
Oliy toifali akuşer-ginekolog Şohida Abdurazzoqova ham onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlaşning ahamiyatini ta’kidlab, har bir ayol yiliga kamida bir marta profilaktik körikdan ötişi zarurligini qayd etdi.
Aksiyada iştirok etgan mahalla faoli Nodira Qodirova öz taassurotlarini şunday bayon etdi:
– Ilgari şifokorga boriş imkoniyatim yöq edi. Bugun bepul körikdan ötdim, maslahat oldim. Bu ğamxörlik biz ayollar uçun katta yordam böldi.
Bunday tadbirlar aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va onkologik kasalliklarni erta aniqlaş orqali jamiyat salomatligini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.