ÖzLiDePning ötgan yillardagi faoliyati sarhisob qilindi
Bugun Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kyengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda ÖzLiDePning saylovoldi dasturi ijrosi, partiyadan vakillik organlariga saylangan deputatlar faoliyati, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, yoşlar va ayollar bilan işlaş yönalişidagi işlari tahlil qilindi.
Yiğilişda sözga çiqqan ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov partiya taşkil topganining 22 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, partiyaning mamlakatimiz siyosiy hayotidagi örni haqida töxtalib ötdi. Bugungi kunda partiya 16 500 dan ortiq boşlanğiç taşkilot va 2,1 milliondan ziyod a’zolarni birlaştirgan yirik siyosiy kuçga aylangani ta’kidlandi. Sönggi sakkiz yilda mamlakatimizda inson qadrini yuksaltiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, investitsiya muhitini yaxşilaş, oliy va maktabgaça ta’lim qamrovini keskin oşiriş kabi yönalişlarda amalga oşirilgan islohotlarda partiyamiz iştiroki e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, ÖzLiDePning “Erkin va farovon, qudratli Yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” şiori ostida işlab çiqilgan saylovoldi dasturi doirasida belgilangan 500 vazifaning 93 tasi (18,6%) töliq bajarildi, 407 tasi böyiça işlar izçil davom etmoqda.
Qonun taşabbuskorligi yönalişida ham partiyamiz fraksiyasi a’zolarining faolligini qayd etiş joiz. Joriy yilda fraksiyamiz taşabbusi bilan 2 ta qonun loyihasi, 11 ta hamtaşabbuskorlikdagi qonun loyihalari işlab çiqildi. Iqtisodiyot, suv xöjaligi, energetika, transport, investitsiya kabi sohalar böyiça qator mansabdorlarning hisobotlari eşitildi. 36 ta deputatlik sörovi yuborilib, joylarda 300 dan ziyod uçraşuvlar taşkil etildi. Şuningdek, mahalliy Kengaşlardagi 1 878 nafar partiya deputati taşabbusi bilan 4 297 ta deputatlik sörovi kiritilib, ularning 86 foizi ijobiy hal etildi.
Joriy yilning ötgan davrida işbilarmonlik va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga ham alohida e’tibor qaratildi. Partiyaning “Tadbirkorlar muammolarini örganiş” loyihasi doirasida 436 ta uçraşuv ötkazilib, 13 mingdan ortiq tadbirkorning fikri örganildi. 800 dan ziyod murojaat esa joyida hal etildi. “Taraqqiyot nuqtasi” klubi va “Biznes plyus” podkasti esa tadbirkorlar manfaatini işonçli himoya qilişda muhim maydonga aylandi.
Bugungi kunda partiyamiz a’zolarining 60 foizi 35 yoşgaça bölgan yoşlardan iborat. Bu esa partiyamizdan yoşlar bilan işlaş yönalişida alohida mas’uliyat talab qiladi. Şu bois joriy yilda yoş yigit-qizlar iştirokida 742 tadbir taşkil etilib, 74 mingdan ziyod yoş qamrab olindi. Şuningdek, ilk marotaba “Kreativ tadbirkor yoşlar forumi” taşkil etildi. “Yoşlar minbari” orqali kelgan 589 murojaatning 548 tasi hal etildi. Xotin-qizlarning muammolarini örganiş va ularni tadbirkorlikka jalb etişga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, joriy yilda ayollar iştirokida 6 845 ta tadbir taşkil etilib, 150 ming xotin-qiz qamrab olindi. “Bunyodkor ayollar” dasturi orqali 318 ayolga 1,9 mlrd sömlik kredit ajratişga erişildi.
ÖzLiDeP öz saylovoldi dasturi ijrosini ta’minlaş maqsadida joriy yilda 101 ta yangi loyihani işlab çiqdi. Mazkur loyihalar partiyamizda zamonaviy menejment madaniyatini şakllantirişga xizmat qilmoqda. Xalqaro hamkorlik yönalişida erişilgan natijalar ham tahsinga sazovor. Jumladan, “Yedinaya Rossiya”, “Yangi Ozarbayjon”, Turkiya AK partiyasi va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan imzolangan memorandumlar partiyamiz diplomatiyasining yangi bosqiçga çiqqanidan dalolat beradi.
Yiğilişda kelgusidagi vazifalarni bajariş uçun muhim vazifalar belgilab olindi. Jumladan, saylovoldi dasturimizda belgilangan 500 ta vazifaning bajarilişini jadallaştiriş, har bir yönaliş böyiça aniq mas’ullar, muddatlar va monitoring mexanizmlarini belgilaş, bajarilgan işlar yuzasidan xalqqa doimiy hisobot beriş tizimini kuçaytiriş kerakligi ta’kidlandi. Şuningdek, 101 loyihani töliq amalga oşiriş amaliy loyihalar va siyosiy ta’lim markazi tomonidan işlab çiqilgan barça konsepsiyalarni hayotga tatbiq etiş, ularning natijalari böyiça yagona monitoring tizimini yölga qöyiş, boşlanğiç partiya taşkilotlari faolligini yanada oşiriş hamda “Tayanç BPT” loyihasini amaliyotga joriy etib, BPTlar faoliyatini indikatorlar asosida baholaş taklif etildi.
Bundan taşqari, “Kreativ tadbirkor yoşlar forumi”ni doimiy asosda ötkaziş, yoşlar parlamenti bilan institusional hamkorlikni kuçaytiriş, siyosiy savodxonlik va biznes-mahorat dasturlarini işga tuşiriş “Tadbirkorlar muammolarini örganiş” loyihasini har bir tuman kesimida doimiy monitoring platformasiga aylantiriş zarurligi qayd etildi. Şuningdek, partiyaning barça darajalardagi qabullari, murojaatlar, deputatlik sörovlari va yeçim natijalarini “Oçiq partiya” tizimi orqali onlayn kuzatiş imkoni yaratiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi siyosiy partiyalari bilan hamkorlikni kengaytiriş, Toşkentda mintaqaviy partiyalar uçun muloqot maydonini yaratiş va “Markaziy Osiyo siyosiy partiyalari forumi”ni taşkil etiş kabi dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Yiğiliş söngida muhokama qilingan barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
ÖzLiDeP matbuot xizmati