Asosiy kontentga o‘tish
Juma 11-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“O‘zmetkombinat” AJda O‘zLiDeP bog‘i barpo etiladi

10.09.2026
28

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “ O‘zmetkombinat ” hududida yana bir ezgu yashil tashabbusga asos solindi. Korxona hududida O‘zLiDeP bog‘ini barpo etish loyihasiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktori Bahodir Abdullayev hamda O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi raisi To‘lqin Fayziyev ishtirok etdi.

Loyiha doirasida 1,5 gektar maydonda zamonaviy va ko‘rkam yashil hudud tashkil etish rejalashtirilgan. U yerda 500 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud obodonlashtiriladi, yashil maydonlar kengaytiriladi. Shuningdek, korxona xodimlari va shahar aholisi uchun qulay dam olish va sayr qilish sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Yangi bog‘ Bekobod shahrining yashil infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zLiDeP bog‘ining barpo etilishi atrof-muhitni asrash, havo sifatini yaxshilash va yashil hududlar salmog‘ini oshirish bilan bir qatorda, Bekobod shahrining yanada obod va ko‘rkam qiyofasini shakllantirishga hissa qo‘shadi. 1,5 gektar maydonda 500 tup daraxt ekilishi rejalashtirilayotgani ushbu tashabbusning amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?