ÖzLiDeP raisi Navoiy viloyatidagi “Thompson sçool” faoliyati bilan tanişdi
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh Navoiy viloyatidagi tadbirkorlik sub’yektlari va korxonalar faoliyati bilan tanişdi.
Xususan, partiya yetakçisi Navoiy şahrida davlat xususiy şerikçilik asosida taşkil etilgan “Thompson sçool”da bölib, uşbu maktabda yoşlarga ta’lim oliş uçun yaratib berilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdi.
Mazkur ta’lim dargohi 2022 yil taşkil topgan bölib, bugungi kunda 350 nafar öquvçiga 45 nafar pedagog xodimlar ta’lim berib kelmoqda. Öquvçilarning har biriga sifatli bilim beriş, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda öqitiş va yoşlarning kelajakda muvaffaqiyatli şaxsga aylanişlari uçun barça şaroitlar yaratib berilgan.
ÖzLiDeP rahbari ta’lim muassasasi xodimlari bilan uçraşuvda partiyaning maqsad va ğoyalari haqida qisqaça töxtalib ötdi. Ta’kidlaganidek, siyosiy kuç mamlakatimizda qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, barça sohada tadbirkorlar uluşini yanada oşiriş orqali korxona va muassasalar örtasidagi halol raqobatni yuzaga keltiriş va bu orqali barqaror ösişni ta’minlaş borasida qator taşabbuslarni ilgari surib kelmoqda.
Şuningdek, davlat xususiy şerikçilik asosida yangi iş örinlari yaratib, kambağallikni qisqartiriş, aholini işbilarmonlikka jalb qilişda faollik körsatyapti. Işsiz fuqarolarni kiçik biznes va tadbirkorlikka jalb qiliş uçun uşbu yönalişni yanada kengaytiriş tarafdori.
Uçraşuv qatnaşçilari ham partiya tomonidan ilgari surilayotgan maqsad va ğoyalarni töliq qöllab-quvvatlaşnilarini bildirib ötişdi.