ÖzLiDeP taşabbusi bilan "Bepul tibbiy körik" aksiyasi taşkil qilinmoqda
ÖzLiDeP Xorazm viloyat Kengaşi “Ayollar qanoti” taşabbusi bilan Urganç şahridagi 1-son oilaviy poliklinikada “Salomatlik sari” loyihasi doirasida “ÖzLiDeP onkologik kasalliklarga qarşi kuraşadi!” şiori ostida bepul tibbiy körik aksiyasi ötkazildi.
Tadbirda 13 ta mahallada yaşovçi xotin-qizlar tibbiy körikdan ötkazilib, ularga baçadon böyni saraton kasalligi xavfini aniqlaş maqsadida kolposkopiya usuli orqali skrining tekşiruvlari amalga oşirildi. Jami 85 nafardan ortiq ayol salomatligi tekşirildi.
— Onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlaş har bir ayol uçun juda muhim. Bu kasalliklar köpinça belgilarsiz keçadi, şuning uçun yiliga kamida bir marta profilaktik körikdan ötiş lozim, — deydi oliy toifali şifokor, akuşer-ginekolog Jamila Oltmişova.
Tadbirda soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş va muntazam tibbiy körikdan ötişning ahamiyati haqida tuşuntirişlar berildi.
Mahalla faoli Nafisa Quryazova ham bepul tekşiruv uçun partiyaga minnatdorlik bildirdi:
— Ilgari şifokorga boriş uçun imkoniyatim yöq edi. Bugun bepul körikdan ötdim, maslahat oldim. Bu ğamxörlik biz ayollar uçun katta yordam, — dedi u.
Bunday loyihalar aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va onkologik kasalliklarni erta aniqlaşga xizmat qilmoqda.