Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 23-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“O‘zLiDePda mehmon” loyihasi o‘tkazildi

20.01.2025
1104

Loyihaning navbatdagi mehmoni mashhur bloger, huquqshunos hamda aktyor Otabek Mahkamov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot jarayonida Otabek Mahkamov o‘zining shaxsiy tajribalari, huquqiy maslahatlari va yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan ijtimoiy masalalar bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, tadbirda yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashdagi muhim omillar, erkin fikr va tashabbuslarni rivojlantirish yo‘nalishlari shuningdek, O‘zLiDePning saylovoldi dasturida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor maqsad va vazifalar muhokama qilindi.

O‘zLiDeP volontyorlari o‘z savollari bilan tadbirda faol ishtirok etishdi. Ular Otabek Mahkamovning javoblari orqali huquqiy masalalarga doir aniq tushunchalarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbuslar partiya rahbariyati tomonidan e’tirof etilib, qo‘llab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?