Parkentlik xotin-qizlar “Salomatlik sari” aksiyasi doirasida bepul tibbiy körikdan ötkazildi
Parkent tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida ötkazilgan tadbirlar inson qadri va farovonligini oşirişga qaratilgan amaliy işlar bilan ahamiyatli böldi. “Soy” mahallasida “Salomatlik sari” aksiyasi doirasida ginekolog, nevropatolog, LOR, okulist, terapevt, pediatr va kardiologlar iştirokida bepul tibbiy körik taşkil etildi. Mobil EKG, UTT va laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan mutaxassislar aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatib, erta taşxis va kasalliklarning oldini olişga hissa qöşdilar.
Şuningdek, “Bir jamoada” aksiyasi doirasida tadbirkor ayol Surayyo Tilyakova rahbarlik qilayotgan “Şabnam elegant” korxonasida xotin-qizlar bilan oçiq muloqot ötkazildi. Unda korxonada ayollar, yoşlar va imkoniyati çeklangan şaxslar uçun yaratilgan mehnat şaroitlari, ularni iş bilan ta’minlaş böyiça amaliy işlar alohida ta’kidlandi. Bu kabi taşabbuslar ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş va ijtimoiy himoyani kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Tadbirlar davomida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, manzilli yordamlar körsatildi. Jumladan, imkoniyati çeklangan farzandi bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi, “Umid” aksiyasi doirasida boquvçisini yöqotgan Muyassar Raximovaga minipeç topşirildi. Şuningdek, “Keksalarga mehr” aksiyasi orqali yolğiz keksalarga amaliy yordam körsatildi. Bu kabi aniq va manzilli işlar aholi muammolarini hal etişda muhim örin tutmoqda.