Parlamentdagi taraqqiyot bloki Prezident taşabbuslarini töliq qöllab-quvvatlaydi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi fraksiyalari a’zolaridan iborat “Taraqqiyot bloki”ning navbatdagi qöşma yiğilişi bölib ötdi. Unda Prezidentimizning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati atrofliça muhokama qilindi.
Yiğilişida Murojaatnomada belgilab berilgan 6 ta ustuvor yönaliş hamda ulardan kelib çiqib, “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” Davlat dasturida nazarda tutiladigan vazifalarning sözsiz ijro etilişini ta’minlaş, “Özbekiston — 2030” strategiyasini yangidan qabul qiliş maqsadlariga erişiş parlament zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaşi qayd etildi.
Murojaatnomada belgilangan ustuvor yönalişlar O‘zLiDeP saylovoldi dasturida közda tutilgan maqsad va vazifalarga töliq mos keladi. Partiyamiz va uning fraksiyasi uşbu islohotlarni amalga oşirişda qonun ijodkorligi, parlament nazorati va joylardagi amaliy işlarni yanada kuçaytirgan holda, iqtisodiyotni yuksaltiriş, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaş va tadbirkorlik uçun yanada qulay muhit yaratiş yölida mas’uliyat bilan faoliyat olib boradi.
Yiğilişda barça sohalarda, xususan, içki bozorda talabni rağbatlantiriş, aholi daromadlari va xarid qobiliyatini oşiriş, inflyatsiya darajasini barqaror uşlab turişga qaratilgan çora-tadbirlarga ham etibor qaratildi. Bu borada uy-joy ipotekasi, iste’mol va xizmatlar sohasi, turizm hamda transport infratuzilmasining huquqiy asoslarini rivojlantiriş orqali iqtisodiy faollikni oşirişda parlament va jamoatçilik iştirokini kuçaytiriş muhimligi aytib ötildi.
Şuningdek, mamlakatimiz mehnat bozorini yangi arxitektura asosida — kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlaştiradigan yagona mexanizm sifatida şakllantiriş masalalari ham diqqat markazda bölib, bu boradagi vazifalarni röyobga çiqariş orqali yoşlar zamonaviy kasblarga ega bölişi ta’kidlandi.
Murojaatnomada belgilangan ustuvor yönalişlar partiyamiz saylovoldi dasturida közda tutilgan maqsad va vazifalar bilan töliq uyğun bölib, mazkur vazifalar ijrosini ta’minlaşda faol iştirok etamiz.
Yiğilişda belgilangan yönalişlardan kelib çiqib, “Taraqqiyot bloki” oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.