Yakshanba 24-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Partiya kuzatuvchilari uchun o‘quv tashkil etildi

20.10.2024
83

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida partiya kuzatuvchilari uchun o‘quv tashkil etildi. Unda partiya kuzatuvchisining asosiy vazifalari, uning huquq va majburiyatlari, muddatidan oldin va saylov kuni ovoz berish jarayonida kuzatuvchi harakatlarining ketma ketligi haqida batafsil tushunchalar berildi.

O‘quvda ta’kidlanganidek, kuzatuvchilar saylov uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishi, yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalarining joylashtirilishi  va  saylov  qutilarining  muhrlanishini kuzatish huquqiga egalar.

 Bugungi o‘quvda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati va kuzatuvchilarning saylovdagi ishtiroki yuzasidan zaruriy bilimlar berildi,  deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov.   Bugungi o‘quvimizda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar vaToshkent shahar kengashlari raislari ishtirok etgan bo‘lsa, keyingi bosqichda saylov uchastkalaridagi kuzatuvchilarni qamrab olishni rejalashtirganmiz. Maqsadimiz yaqinlashib kelayotgan saylovda munosib ishtirok etib, saylovchilarning partiyamizga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashdan iborat.

O‘quvda kuzatuvchilar saylov kuni ovoz berishjarayonini kuzatish, muddatidan  oldin  ovoz  berishni  o‘tkazish  vaqti  va  joyi haqida xabardor bo‘lish hamda ushbu jarayonni kuzatish, saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berish jarayoni va ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir bo‘lish huquqlari tushuntirildi. Bundan tashqari, ular saylov natijalari to‘g‘risidagi  hujjatlarning  tegishlisaylov  komissiyasi  tomonidan  tasdiqlangan  ko‘chirma  nusxalarini olishlari , saylov  jarayoni  va  ovoz  berishning  yashirinligini  buzmasdan foto,  video,  audio  yozuvlarni  amalga  oshirish, kuzatuv natijalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish huquqiga egalar. Okrug saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni  qabul  qilib  olish  hamda  okrug  bo‘yicha  saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir bo‘lishadi.

Shuningdek, agar saylov  uchastkasida  saylov  qonunchiligi  talablari buzilishiga  yo‘l  qo‘yilgan  deb  hisoblash  uchun  asoslar  bo‘lsa, o‘z  kuzatuvlari  to‘g‘risida  ushbu  uchastka  saylov  komissiyasi a’zolariga  ma’lum  qilishlari, shuningdek, yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berishlari mumkin.
O‘quvda saylov qonunchiligida kuzatuvchilar huquqlarining alohida belgilanishi muhim ahamiyat kasb etishi va bu amaliyot saylovlarni shaffof o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega ekani alohida e’tirof etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?