Chorshanba 05-Fevral 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Partiya yetakchisi urgutlik saylovchilar bilan muloqot qildi

20.10.2024
174

O‘zLiDeP raisi Aktam Xaitov va nomzoldlar, partiya faollari Samarqand davlat universiteti Urgut filialida tumandagi mahalla raislari va mahalla faollari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

E’tiborlisi, partiya saylovoldi dasturida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 153 mingdan ortiq sinf rahbarlari uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdorini ko‘paytirish va kelgusi yillarda Maktablarni rivojlantirish davlat dasturini joriy etish diqqatimiz markazida bo‘ladi. 2030 yilga qadar qo‘shimcha 2,5 mln o‘quvchi o‘rnini yaratish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 2 barobarga oshirish maqsadlari o‘rin olgan Bu esa hech shubhasiz, yosh avlodning jamiyatimizda tutgan o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek 2030 yilgacha bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘lami 50 foizga yetkazilishi uchun barcha choralarni ko‘rish va yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash amaliyotining aynan korxonalar buyurtmasi asosida joriy etilishi ham saylovoldi dasturda o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, mamlakatimizning har bir viloyatida kamida 100 gektar maydonda “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi”ni tashkil etish ham partiya zimmasidagi muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari yosh avlodni tadbirkorlikka jalb qilish uchun joylardagi mikromoliyalash xizmatlarini kengaytirish va tegishli asbob-uskunalardan keng foydalanish uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga ham partiya o‘z diqqat e’tiborini qaratadi.

Deputatlikka nomzodlar shular haqida so‘z yuritar ekanlar, urgutliklar ham bu imkoniyatlardan kelgusida unumli foydalanishlari mumkinligini, O‘zLiDePning saylovoldi dasturida aks ettirilgan ustuvor vazifalar ijrosi mustaqil hayot ostonasida turgan yigit-qizlar uchun haqiqiy dasturilamal bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.

Muloqotda so‘z olgan O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov barchani partiya va uning nomzodlari uchun yakdillik bilan ovoz berishga chaqirdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?