Birinçi “Markaziy Osiyo – YI” sammiti
Özbekiston rahbarining sa’y-harakatlari tufayli keyingi yillarda Markaziy Osiyoda barqarorlik va döstlik muhiti yaratildi. Bularning barçasi yaxşi qöşniçilik va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan faol va pragmatik taşqi siyosatning yaqqol namunasidir. Davlat rahbarlarining umumiy siyosiy irodasi tufayli mintaqada barqaror va ortga qaytmas tus olayotgan çuqur özgarişlar röy bermoqda. Işonç va yaxşi qöşniçilik mustahkamlanib, keng kölamli hamkorlik va kooperatsiya kengaymoqda.
Özbekiston va Yevropa Ittifoqi (YI) misolida ular hamkorlikning turli yönalişlarini qamrab olgan holda sezilarli darajada mustahkamlanib, har ikki tomon uçun ham muhim ahamiyat kasb etayotgani yaqqol sezilmoqda. Buni Özbekiston va YeI örtasidagi barqaror ösiş sur’atlari, ya’ni 2016 yildagi 2 milliard dollardan 2024 yilda qariyb 6,5 milliard dollarga yetgan tovar ayirboşlaş misolida ham köriş mumkin. Mamlakatimizda Yevropa kapitali iştirokidagi mingdan ortiq korxona umumiy qiymati 30 milliard yevrodan ortiq sarmoyaviy loyihalarni amalga oşirmoqda.
2024 yil aprel oyida Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida öta muhim xom aşyo materiallari sohasida strategik şeriklik böyiça “Yöl xaritasi” imzolangan edi. Uşbu kelişuv işlab çiqariş va yetkazib beriş zanjirlarini integratsiya qiliş, investitsiyalarni jalb qiliş va ekologik jihatdan barqaror xom aşyo manbalarini ilgari surişga qaratilgan.
Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlarga oid uşbu misollar mintaqaviy hamkorlik neçoğlik muhimligini körsatadi. Şuningdek, Yevropa Ittifoqining asosiy siyosiy va iqtisodiy institutlari rahbarlari Markaziy Osiyoda integratsiya va barqaror rivojlaniş jarayonlarini har tomonlama qöllab-quvvatlamoqda. Şu nuqtai nazardan, 4 aprel kuni Samarqand şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida birinçi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bölib ötganini ta’kidlab ötiş joiz. Unda Yevropa Kengaşi Prezidenti Antonio Koşta, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari, şuningdek, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki rahbarlari iştirok etgani tadbirning yuksak darajadagi nufuzidan darak beradi.
Kun tartibiga muvofiq Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari örtasidagi köp qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almaşildi. Yetakçilar umumiy xavfsizlik muammolarini hal etiş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş hamda energetika va raqamli iqtisodiyot sohasidagi özaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Biz, ayniqsa, Yevropa Kengaşi Prezidenti Antonio Koştaning Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş istagi bayon etilgan sözlarini alohida ta’kidlaşni istardim.
Sarmoyaviy hamkorlikni kengaytiriş va tovar ayirboşlaşni oşiriş, innovatsiyalar, yaşil energetika, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, transport, logistika va raqamlaştiriş sohalarida qöşma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, madaniyat, turizm, fan, ta’lim va boşqa ustuvor yönalişlarda faol almaşinuvlarni davom ettirişga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda mintaqada hamkorlikda yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oşirilib, ularni qöllab-quvvatlaş uçun investitsiya jamğarmalari va kompaniyalari amal qilayotganini alohida qayd etiş joiz. Hududlararo tovar ayirboşlaş hajmi ortib, çegaraoldi savdo zonalari yaratilmoqda. Bularning barçasi mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanişiga xizmat qilmoqda. Mintaqa va Yevropa Ittifoqi örtasidagi özaro aloqalar sezilarli darajada oşgani kuzatilmoqda. Oxirgi yetti yilda mamlakatlarning tovar ayirboşlaş hajmi bir neça barobar ortib, 54 milliard yevroni taşkil etdi. Samarali hamkorlik platformalari işga tuşirildi. Barça muhim yönalişlar böyiça vazirlar yiğilişlari, forum va sammitlar muntazam ötkazib kelinmoqda.
Eslatib ötamiz, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev örta va uzoq muddatli istiqbolga möljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlari yuzasidan öz nuqtai nazarini bayon qildi. Avvalo, siyosiy muloqotni, köp tomonlama hamkorlikning huquqiy va institusional asoslarini mustahkamlaş muhimligi ta’kidlandi.
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasida strategik şeriklik örnatiş haqida qabul qilinayotgan hujjat qoidalarini amalga oşirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni birgalikda işlab çiqiş va qabul qiliş zarurligi körsatib ötildi. Strategik şeriklikni aniq qarorlar, loyiha va dasturlar bilan boyitiş maqsadida ikki mintaqamiz örtasida şeriklik va hamkorlik böyiça tölaqonli Bitimni imzolaş masalasini körib çiqiş taklif etildi.
Navbatdagi Toşkent investitsiya forumi doirasida ikki mintaqaning investitsiyaviy imkoniyatlariga bağişlangan alohida sessiya ötkaziş va Yevropa kompaniyalari uçun Özbekistonda Mintaqaviy sanoat parki konsepsiyasini taqdimot qiliş taklif etildi. Davlatimiz rahbari şuningdek "yaşil" energetika, innovatsiyalar, transport, infratuzilma va agrar sohadagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari suriş uçun Investitsiya platformasini işga tuşiriş taşabbusini ilgari surdi. Birinçi sammit yakunida ikki mintaqa örtasida strategik şeriklik örnatişni nazarda tutuvçi Qöşma deklaratsiya va öta muhim minerallar sohasida hamkorlik töğrisida deklaratsiya qabul qilindi.
Bu va boşqa taklif etilgan çora-tadbirlar hududlarimiz örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Mazkur sammit bugun Markaziy Osiyoda mintaqadan taşqaridagi hamkorlar bilan özaro manfaatli aloqalarni kengaytiriş uçun zarur şart-şaroit yaratilganini yaqqol körsatdi. Işonçimiz komilki, mavjud siyosiy iroda Markaziy Osiyo va Yevropa manfaatlari yölidagi amaliy hamkorlikni çuqurlaştirişga xizmat qiladi.
Aktam XAITOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari