Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 12-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025 yilda olingan hamda sarflangan moliyaviy va boshqa mablag‘lar to‘g‘risida moliyaviy H I S O B O T I

16.03.2026
10

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 3 dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va 2006 yil 18 yanvarda 563-p-son bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Partiya o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 martdagi 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida” Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Partiya Ustaviga muvofiq partiyani moliyalashtirish manbalari hududiy partiya tashkilotlari hisob raqamlariga kelib tushgan a’zolik badallari, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, yuridik shaxslar va fuqarolarning xayriya yordamlari, amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan boshqa barcha tushumlar hamda Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan iborat.
2025 yil 1 yanvar holatiga partiyaning hisob raqamlaridagi qoldiq mablag‘lar 22 mlrd. 353,1 mln. so‘mni tashkil qilgan. 2025 yil davomida partiyaning hisob raqamlariga jami 78 mlrd. 307,9 mln. so‘m kelib tushgan, jumladan, ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 65 mlrd. 989,7 mln. so‘m, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 7,2 mln. so‘m, a’zolik badallaridan 9 mlrd. 878,7 mln. so‘m, tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromad 270,2 mln. so‘m, homiylik va xayriya yordamlaridan 291,1 mln. so‘m va boshqa tushumlar 1 mlrd 871,0 mln. so‘m ni tashkil etgan.
Partiyaning 2025 yildagi Ustav faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan xarajatlar 69 mlrd. 578,7 mln so‘mni tashkil etdi, jumladan, ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar 48 mlrd. 24,2 mln. so‘m, xizmat safari xarajatlari 468,7 mln. so‘m, dasturiy vazifalar bilan bog‘liq xarajatlar 8 mlrd. 148,3 mln. so‘m, asosiy vositalarni sotib olish xarajatlari 2 mlrd. 861,2 mln. so‘m, tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar 400,5 mln. so‘m, kommunal xizmatlarga xarajatlar 638,0 mln. so‘m, aloqa va axborot xizmatlari 554,3 mln. so‘m, yoqilg‘i xarajatlari 560,1 mln. so‘m, ijara xarajatlari 263,6 mln. so‘m, saqlab turish va joriy ta’mirlash 4 mlrd. 37,4 mln so‘m, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 7,2 mln. so‘m va boshqa xarajatlarga 3 mlrd. 615,1 mln. so‘m (jumladan: gazetani qo‘llash uchun 900 mln. qo‘riqlash xizmati uchun 850 mln. xodimlarni har tomonlama iqtisodiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 950 mlnyu, sug‘urta va bank xizmatlari uchun 250 mln. va boshqa xarajatlar uchun 665 mln. so‘m) sarflandi.
2025 yilda partiyaning Markaziy nazorat-taftish komissiyasi va uning joylardagi bo‘limlari tomonidan Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va hududiy partiya tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tasdiqlangan reja asosida yil davomida hududiy partiya tashkilotlari tomonidan partiya Ustavi talablari hamda partiya intizomi tamoyillariga rioya etilishi, a’zolik badallarining to‘lanishi va kelib tushayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali ishlatilishi va Nizomda belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha taftish nazoratlari o‘tkazildi.
Shuningdek, partiyaning moliyaviy hisoboti amaldagi qonunchilikka muvofiq shakllantirildi. Ushbu hisobotlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tashqi moliyaviy auditdan o‘tkazilib, uning natijalari asosida tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?